Close
Skip to main content


Rektor universitetning media guruhi faollari bilan uchrashdi


Bugun “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitetning media sohasiga qiziquvchi, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalariga ega bo‘lgan bir guruh faol talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda universitet hayotini talabalar nigohi orqali keng yoritib borish, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etishi uchun yangi imkoniyatlar yaratish, turli media loyihalar va tanlovlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. Bu borada talabalarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Rektor Feruza Madrahimova faol, tashabbuskor va ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish hamda faol yoshlarni munosib rag‘batlantirib borish muhimligini ta’kidladi.