Close
Skip to main content


“IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining OTM bosqichida g‘olib bo‘lgan talaba-qizlari ishtirok etib, o‘zlarining innovatsion loyiha va ishlanmalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar.

Loyihalar dasturiy ta’minot, veb-ishlanmalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, avtomatlashtirilgan tizimlar, aqlli qurilmalar va IoT yechimlari kabi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha baholandi.

Dastlab ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda tanlovning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. Shundan so'ng, ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion g‘oya va ishlanmalarini hakamlar hay’ati oldida namoyish etdilar.

Taqdirlash marosimida universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirok etib, tanlovda faol qatnashgan talaba-qizlarning tashabbuskorligi va intilishini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, tanlovning Xorazm viloyatiga biriktirilgan mas’uli Umida Xaydarova bilan birgalikda g‘olib va faol ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Tanlov yakuniga ko'ra, birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Hududiy bosqich g‘oliblari bilan tanishing:

Kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Baxtiyorova Dilfuza Bahodir qizi — UrDU
2-o‘rin — Tog‘ayeva Kamola Hidoyatovna — UrDTI
3-o‘rin — Odilova Gulsanam Axmadjon qizi — UrDPI

Raqamli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Hayitboyeva Mo‘tabarxon Hamid qizi — UrDU
2-o‘rin — G‘aniyeva Charosoy Sharibboy qizi — AKHU
3-o‘rin — Marinboyeva Maftuna — UrDTI

Veb-ishlanmalar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Xolbayeva Maftuna Jasubek qizi — UrDTI
2-o‘rin — Otanazarova Shohruza Iskandar qizi — RANCH
3-o‘rin — Otajanova O‘g‘iljon Mansur qizi — AKHU

Dasturiy ta’minot yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Qurbanboyeva Hamida Bahodir qizi — UrDTI
2-o‘rin — Umarova Muxlisa Xushnudbek qizi — UrDU
3-o‘rin — Xudoyberganova Sinora Anvar qizi — AKHU

Avtomatlashtirilgan tizimlar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Masharipova Odina Maxmud qizi — UrDU
2-o‘rin — Matrasulova Dilafruz Maksud qizi — UrDPI
3-o‘rin — Jumaboyeva Nilufar Oybek qizi — UrDPI

Mobil ilovalar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Yusupova Lolaxon Ne’matjon qizi — UrDTI
2-o‘rin — Raximova Mushtariy Jamshid qizi — UrDPI
3-o‘rin — Satimova Zuhra Rashid qizi — UrDU

Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Raximberganova Shahzoda Ulug‘bek qizi — UrDTI
2-o‘rin — Fozilova Muslimaxon Faxriddinqizi — AKHU
3-o‘rin — Rustamova Shahrizoda Farhod qizi — UrDU

Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Yusupova Zuhra Olim qizi — RANCH
2-o‘rin — Normatova Muhayyo Oybek qizi — UrDU
3-o‘rin — Ramatillayeva Jamilaxon Xo‘jaaxmad qizi — UrDTI

Barcha g‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz hamda tanlovning respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!