Bugun Xorazm viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Sherzod Muxamatov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Universitet rektori Feruza Madrahimova hamrohligida talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy infratuzilma va xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida talabalar turar joyidagi yashash va dam olish sharoitlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda videokuzatuv tizimi o‘rganildi. Shuningdek, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.
Universitetning Karyera markazida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish va mehnat bozoriga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Yangi tashkil etilgan sport majmualarida esa talabalarning mashg‘ulotlari kuzatildi.
Shuningdek, Situatsion tahliliy markaz faoliyati, uning texnik imkoniyatlari va xavfsizlikni real vaqt rejimida monitoring qilish jarayonlari namoyish etildi. Universitet hududlari raqamlashtirilib, kirish-chiqish joylarida Face ID tizimi joriy etilgan. O‘quv binolari, talabalar turar joylari va boshqa muhim obyektlarga o‘rnatilgan mingga yaqin videokuzatuv kamerasi yagona tizimga integratsiya qilingan.
Tashrif doirasida Sun’iy intellekt laboratoriyasi ham ko‘zdan kechirilib, talabalarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashi, amaliy mashg‘ulotlar va IT to‘garaklari faoliyatiga e’tibor qaratildi.




.jpg)
.jpg)



