Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi mobaynida yoshlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos qo’shimcha kasblarga o‘qitish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi bo’yicha universitetda ta’lim yo’nalishlarining mazmuni va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda universitetda 20 dan ortiq kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. Ularda yoshlar nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirib, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallamoqda.

E’tiborlisi, to‘garaklar faqat universitet talabalari uchun emas. Oliygohga yaqin hududlarda joylashgan texnikumlar, akademik litseylar va umumta’lim maktablari o‘quvchilari ham ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etishlari mumkin.