Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida 8-Xalqaro ijtimoiy fanlar tadqiqotlari konferensiyasi o‘z ishini boshladi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 8-Xalqaro ijtimoiy fanlar tadqiqotlari konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyada Turkiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlaridan 10 dan ziyod olim va mutaxassislar, universitetning Iqtisodiyot fakulteti professor-o’qituvchilari, tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Alimardon Atamuratov ishtirok etib, rektor Feruza Madrahimovaning konferensiya ishtirokchilariga tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirda Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Vali universiteti prorektori, prof. Metin Orbay, Turk kooperativchilik tashkiloti raisi, prof. Ali Fuat Ersoy, konferensiya raisi, Pamukkale universiteti professori Hasan Kara, tashkiliy qo‘mita raisi, prof. Hashim O‘zdo‘g‘ru, “Anadolu madaniy tadqiqotlari” jurnali muharriri, prof. Turhan Chetin hamda universitetning Iqtisodiyot fakulteti dekani, prof. Ilyos Abdullayev tabrik so’zlariga chiqdilar.

Xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashishning ahamiyatiga to‘xtaldilar.

Shundan so’ng, mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar hamda mutaxassislar ijtimoiy fanlarning dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashib, ilmiy ma’ruzalar qildilar.