Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti rektori Xitoyning Xuzhou shahrida xizmat safarida


Shu kunlarda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova, xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Oybek Sotiboldiyev va Transport tizimlari kafedrasi mudiri Sherzod Yusupov Xitoy Xalq Respublikasi Szyansu provinsiyasining Xuzhou shahrida xizmat safarida bo’lib turibdilar.

Bugun universitetimiz vakillari yirik XCMG kompaniyasida texnikalarning ishlab chiqarish va ushbu jarayonda o’quv mashg’ulotlarini olib borish (dual ta’lim) ishlari bilan tanishdilar.

Safar davomida yangi o’quv yilidan Xitoyning Xuzhou texnologiya universiteti va XCMG korxonasi hamkorligidagi yo’lga qo’yilgan 2+1+1 qo‘shma ta’lim dasturi asosida o’qishga kelgan talabalar safini kengaytirish va kelgusida ularni ko’proq dual ta’limga jalb etish masalalarini muhokama etish belgilangan.

Hozirgi kunda universitetimizning 10 nafar talabasi Xuzhou texnologiya universitetida qo’shma ta’lim asosida tahsil olishni boshladilar, kelgusi oyda yana 10 nafar talabalarimizni ushbu universitetga borishi rejalashtirilgan.