Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida "Maʼrifat" haftaligi doirasida Turkiyaning Sakarya universiteti professori, taniqli olim va adib, “Döstlik” ordeni sohibi Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan Özbekiston” (“Benim Tanıdığım Özbekistan”) kitobi taqdimoti bölib ötdi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimligi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari, universitet professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Taqdimotni universitet rektori Feruza Madrahimova kiriş sözi bilan oçib berib, mazkur asarning özbek va turk xalqlari örtasidagi azaliy döstlik, ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlaşdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Taqdimotda Xorazm viloyati hokimi örinbosari Nigora Kutlimuratova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bölimi rahbari Bekzod Abdirimov asarning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati va ikki xalq örtasidagi madaniy aloqalar xususida fikr bildirdilar.
Taqdimoti davomida asar muallifi, turkiyalik olim, fan doktori, professor Kemal Yavuz Ataman kitobning yaratiliş tarixi, Özbekistondan olgan taassurotlari hamda xalqimizga bölgan samimiy munosabati bilan örtoqlaşdi.
Şuningdek, Filologiya fakulteti olimlari — Is’hoqjon Ismoilov, Abdulla Örazboyev hamda Doniyor Yuldaşev sözga çiqib, asarning ilmiy, adabiy va ma’naviy qimmati, özbek-turk adabiy aloqalarini rivojlantirişdagi örni yuzasidan öz mulohazalarini bildirdilar.









