Close
Skip to main content


Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toivo Klaar UrDUga taşrif buyurdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetiga Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toivo Klaar taşrif buyurdi. 

Dastlab elçi Toivo Klaar va universitet rektori Feruza Madrahimova örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi. Unda Urganç davlat universiteti va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning oliy ta’lim muassasalari örtasidagi ilmiy, akademik va innovatsion hamkorlikni yanada kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Erasmus+ dasturi doirasidagi xalqaro loyihalarda universitet iştirokini kengaytiriş, Yevropaning yetakçi oliy ta’lim muassasalari bilan qişloq xöjaligi, sun’iy intellekt, yaşil energetika va ekologiya kabi ustuvor yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, taşrif doirasida Yevropa Ittifoqi elçisi Toivo Klaar universitet rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan uçraşdi.

Oçiq muloqot davomida elçi Erasmus+ dasturining yoşlar uçun yaratgan xalqaro ta’lim imkoniyatlari, akademik almaşinuv dasturlari, Yevropa universitetlarida bilim va tajriba orttiriş hamda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oşirilayotgan ta’lim loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur taşrif Urganç davlat universitetining Yevropa oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorligini kengaytiriş, qöşma ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantiriş hamda talaba-yoşlar uçun yangi akademik imkoniyatlarni yaratiş yölidagi muhim muloqotlardan biri böldi.