Close
Skip to main content


Turkmaniston Ta’lim vaziri Urganç davlat universitetiga taşrif buyurdi


Bugun Urganç davlat universitetida Turkmaniston Ta’lim vaziri Jumamyrat Gurbangeldiyev hamda universitet rektori Feruza Madrahimova örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi.

Samimiy muloqotda Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi tarixiy döstlik, qardoşlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlari alohida e’tirof etilib, oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Rektor Feruza Madrahimova xorijiy talabalar, jumladan, turkmanistonlik yoşlarni ta’lim olişga jalb qiliş, ular uçun keng imkoniyatlar yaratiş hamda Turkmaniston oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-akademik aloqalarni kengaytiriş, qöşma taşabbus va loyihalarni amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.

Şuningdek, UrDU talabalari har yili Turkmanistonda taşkil etiladigan xalqaro fan olimpiadalarida faol iştirok etib kelayotgani qayd qilindi. Kelgusida uşbu hamkorlikni yanada kengaytiriş, ikki mamlakat olimlari va talabalarining xalqaro ilmiy konferensiyalar, forumlar hamda akademik tadbirlardagi özaro iştirokini faollaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.