Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida Transport tizimlari kafedrasi taşabbusi bilan “Transport sohasi taraqqiyoti va zamonaviy maşinasozlikning rivojlaniş istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-texnik anjumani bölib ötdi.
Anjumanda soha olimlari, Texnika fakulteti professor-öqituvçilari, tadqiqotçilar hamda hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etdilar. Oçiliş marosimida universitetning Öquv işlari böyiça prorektori Ğayrat Raximov kiriş sözi bilan qatnaşib, konferensiya işiga muvaffaqiyat tiladi.
Konferensiyada “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filiali Xodimlar boşqaruvi xizmati boşliği Daniyar Sabirov, “UzXCMG” MÇJ qöşma korxonasi vakili, Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Axborot xizmati boşliği Şavkat Bobojonov, viloyat avtomobil yöllari boş boşqarmasi Yöllarning texnik holatini tahlil qiliş şöbasi boşliği Duşamboy Zaribboyev, “XORAZMAVTOTEXXIZMAT” MÇJ boş muhandisi Xuşnud Abdullayev hamda Jizzax politexnika instituti professori, texnika fanlari nomzodi Oqböta Adilov ma’ruzalar bilan iştirok etdilar.
Bundan taşqari, Qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya rahbari Baxtiyor Kurambayev hamda GREEN universiteti tizimidagi Örmon xöjaligi ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Şokir Ğapparov anjumanda onlayn formatda qatnaşdilar.
Ilmiy anjuman davomida transport infratuzilmasini rivojlantiriş, avtomobil yöllari xavfsizligini ta’minlaş, zamonaviy maşinasozlik texnologiyalarini takomillaştiriş, sohada innovatsion yeçimlarni joriy etiş hamda ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Anjuman yakunida Texnika fakulteti dekani Sanjarbek Madaminov tomonidan iştirokçilarga sertifikatlar topşirildi.


.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)

