Close
Skip to main content


Urganç davlat universitetida 400 örinli yangi sport majmuasi va futbol maydonining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida talaba-yoşlarning sport bilan muntazam şuğullanişlari uçun zamonaviy şart-şaroitlar yaratiş, sport infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida qayta barpo etilgan  400 örinli yangi sport majmuasi hamda futbol maydonining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.

Mazkur tantanali tadbirda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti, FIFA qömitasi raisi örinbosari Ravşan Ermatov, Xorazm viloyati viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev, bir guruh sport vakillari, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Tadbirni universitet rektori Feruza Madrahimova kiriş sözi bilan oçib berib, universitetda sport sohasini rivojlantiriş, talaba-yoşlarning jismoniy salohiyatini yuksaltiriş va ular uçun zamonaviy infratuzilma yaratiş ustuvor vazifalardan biri ekanini haqida töxtalib, mehmonlarga taşrif uchun minnatdorlik bildirdi.

Tantanali marosimda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti, FIFA qömitasi raisi örinbosari Ravşan Ermatov sözga chiqib, mamlakatimizda futbolni rivojlantiriş, yoşlar örtasida sportga bölgan qiziqişni yanada oşiriş yölida mazkur yangi barpo etilgan sport inşootlari talaba-yoşlarning professional sport sari intilişlarini qöllab-quvvatlaş va sport mahoratini takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi. Universitet talabalarini yangi sport majmuasi bilan samimiy qutladi.

Şundan söng, musiqa sadolari ostida ramziy tasma kesildi.