Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida rektor Feruza Madrahimova raisligida universitet Kengaşining 3-yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda dastlab universitet professor-öqituvçilarining ilmiy va innovatsion faoliyatda erişgan yutuqlari e’tirof etildi.
Xususan, ilm-fan rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh professor-öqituvçilarga OAK tomonidan tasdiqlangan ilmiy daraja diplomlari topşirildi.
Şuningdek, majlisda kuni keça “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida universitet olimlari tomonidan qölga kiritilgan yutuqlar ham alohida e’tirof etildi.
Jumladan, mazkur tanlovda 1-örinni egallab, 132 million söm pul mukofotiga sazovor bölgan universitetning Xalqaro loyihalar va reytinglar bilan işlaş bölimi boşliği, PhD, dotsent Nosir Matyakubov hamda 1-örinni qölga kiritib, 66 million söm pul mukofoti bilan taqdirlangan Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari kafedrasi öqituvçisi Axmadjon Komilovga ğoliblik sertifikatlari topşirildi.
Kengaş yiğilişida kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼullar tomonidan axborot va hisobotlar taqdim etilib, universitet faoliyatining muhim yönalişlari muhokama qilindi.
Xususan, Özbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida amalga oşirilayotgan islohotlar, universitet hududida amalga oşirilgan quriliş va ta’mirlaş işlari, ularning sifati hamda xavfsiz muhitni ta’minlaş borasidagi işlar holati körib çiqildi.
Şuningdek, talabalarning talabalar turar joylari va ijara xonadonlaridagi yaşaş şaroitlarini örganiş, biriktirilgan yoşlar bilan manzilli işlaşni izçil davom ettiriş, ularga yaratilgan şart-şaroitlarni yaxşilaş hamda mavjud muammolarni bartaraf etiş, universitetning ilmiy salohiyatini oşiriş borasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş hamda hududiy muammolar yeçimiga yönaltirilgan ilmiy loyihalarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Majlis davomida öquv-uslubiy sohaga oid masalalar, iqtidorli talabalarni moddiy rağbatlantiriş, şuningdek, professor va dotsent ilmiy unvonlari uçun saylovlar bilan boğliq masalalar ham körib çiqildi.
Yiğiliş yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.


















