Close
Skip to main content


Vazir topşiriqlari ijrosi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari, Taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov tomonidan oliy ta’lim muassasalari rektorlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yiğiliş ötkazildi.

Yiğilişda universitet rektori Feruza Madrahimova vazir tomonidan belgilangan topşiriqlar ijrosi yuzasidan har bir yönaliş böyiça jamoaga tegişli vazifalar va topşiriqlar berdi. Xususan, yiğilişda bitiruvçilar bandligini ta’minlaş, ta’lim sifati, ilmiy salohiyatni oşiriş, dual ta’lim qamrovini kengaytiriş, xalqaro hamkorliklar natijadorligi va samaradorligini oşiriş, universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.

Şuningdek, ta’lim sifatini oşiriş maqsadida fan dasturlarini TOP-300 talik universitetlar öquv dasturlariga moslaştiriş, darslik va öquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik, ta’lim jarayonini raqamlaştiriş hamda baholaş tizimining şaffofligini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ilmiy faoliyat yönalişida ilmiy loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş, ilmiy platforma imkoniyatlarini keng tarğib qiliş, davlat stipendiyalari sohiblari hamda fan olimpiadalari iştirokçilariga keng imkoniyatlar yaratış, qöşma ta’lim dasturlarini rivojlantiriş böyiça vazifalar belgilandi. Şuningdek, 2027-yilga möljallangan maqsadli körsatkiçlarni belgilaş va ular ijrosini ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.

Talabalar bilan işlaş yönalişida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan yoşlarning yaşaş şaroitlarini joyiga çiqqan holda örganiş, biriktirilgan yoşlar bilan manzilli işlaş, talabalarning ijtimoiy muammolarini öz vaqtida aniqlaş va hal etiş böyiça mas’ullarga körsatmalar berildi. Şuningdek, talabalar va jamoaning murojaatlari yuzasidan fakultetlarda Sayyor qabullar ötkaziş belgilab berildi.

Yiğiliş yakunida universitet rektori Feruza Madrahimova belgilangan topşiriqlarning ijrosiga mas’uliyat bilan yondaşiş, har bir yönaliş böyiça aniq natijalarga erişiş, ijro intizomiga rioya qiliş zarurligini qatʼiy topşirdi.