Close
Skip to main content


Urganç davlat universitetida “Yoşlar giyohvandlikka qarşi” mavzusida davra suhbati taşkil etildi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida talaba-yoşlar örtasida giyohvandlikning oldini oliş, uning ayançli oqibatlari hamda inson hayoti va salomatligiga salbiy ta’siri haqida “Yoşlar giyohvandlikka qarşi” mavzusida davra suhbati ötkazildi.

Mazkur tadbirda Xorazm viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev iştirok etib, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ularni zararli illatlardan asraş hamda giyohvandlikka qarşi kuraşişda ogohlik va mas’uliyatni kuçaytirişning ahamiyati haqida fikrlar bildirdi.

Şuningdek, Respublika ixtisoslaştirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazining Xorazm viloyati filiali oliy toifali şifokori Doniyor Eşçanov tomonidan giyohvandlik vositalarining inson ruhiy va jismoniy salomatligiga yetkazadigan zarari, qaramlikning kelib çiqiş sabablari hamda uning oğir oqibatlari haqida tibbiy ma’lumotlar berildi.

Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, ruhiy holati va kelajagiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, bu illatning oilaviy va ijtimoiy hayotga ta’siri xususida söz yuritildi.