Bugun Xorazm viloyati Urganç şahrida “Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi!” şiori ostida Özbekiston ziyolilarining muloqoti öz işini boşladi.
Mazkur nufuzli tadbirda yurtimizning taniqli olim va akademiklari, professor-öqituvçilar, yozuvçi va şoirlar, madaniyat va san’at namoyandalari, jurnalistlar hamda taşabbuskor yoşlar iştirok etmoqda.
Tadbirning tantanali oçiliş marosimida Xorazm viloyati hokimi Jörabek Raximov iştirok etib, kiriş sözi bilan oçib berdi. Yangi Özbekiston taraqqiyotida ziyolilarning örni va mas’uliyati, ilm-fan va ma’rifatni rivojlantiriş, milliy qadriyatlar va boy ma’naviy merosimizni asrab-avaylaş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş kabi muhim masalalarga e’tibor qaratdi.
Şuningdek, “Nuroniy” jamğarmasi Boşqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömitasi raisi Uluğbek Şermatov, Xorazm viloyati “Ma’rifatli ayol” uyuşmasi raisi, “Şuhrat” medali sohibasi Sayyora Samandarova sözga çiqib, Yangi Özbekiston taraqqiyotida ziyolilarning örni va mas’uliyati, jamiyatda ilm-ma’rifat va ma’naviy qadriyatlarni yuksaltiriş, milliy özlikni anglaş hamda yoş avlod tarbiyasida ziyolilarning faol iştiroki muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladilar.
Ayni paytda ziyolilar muloqoti 7 ta şöbada öz işini davom ettirmoqda.









