Close
Skip to main content


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqiçiga tantanali ravişda start berildi


Bugun, 26-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida mamlakatimizning barça hududlaridan taşrif buyurgan eng iqtidorli sportçi-yoşlarni birlaştirgan yirik sport bayrami — “Beş taşabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqiçi oçiliş marosimi bölib ötdi.
 
Oçiliş marosimida Xorazm viloyati hokimining örinbosari Şerzod Berdiyev, Ta’lim va ilm-fan vazirining örinbosari Sanjar Mirzaliyev, Özbekiston Respublikasi Sport vaziri maslahatçisi Şarifjon Möminjanov hamda universitet rektori Feruza Madrahimova sözga çiqib, mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantiriş, yoşlarning sportga bölgan qiziqişini qöllab-quvvatlaş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş borasida amalga oşirilayotgan işlarga töxtaldilar hamda barça iştirokçilarga yuksak zafarlar tiladilar.
Oçiliş marosimi kuy-qöşiqlar bilan bayramona ruhda ötdi.

Endilikda jami 14 ta hududning terma jamoalaridan 700 nafardan ziyod yoşlar sportning 5 ta turi böyiça ğoliblik uçun bahs olib boradilar.