Close
Skip to main content


Vazir örinbosari Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalari rektorlari iştirokida yiğiliş ötkazdi


Bugun Urganç davlat universitetida Ta’lim va ilm-fan vazirining örinbosari Sanjar Mirzaliyev Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari iştirokida yiğiliş ötkazdi.

Unda oliy ta’lim muassasalarida talabalar bandligini ta’minlaş, ijro intizomini mustahkamlaş hamda ilmiy salohiyatni yanada oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, bitiruvçilar bandligini ta’minlaş, ularni mutaxassisligi böyiça işga joylaştiriş, bu borada korxona va taşkilotlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş, vazirlik tomonidan belgilangan topşiriqlar ijrosini öz vaqtida va sifatli bajariş, professor-öqituvçilarning ilmiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy natijadorlikni oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Yiğiliş yakunida muhokama qilingan yönalişlar böyiça oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga tegişli vazifa va topşiriqlar belgilandi.