Close
Skip to main content


Vazir örinbosari Urganç davlat universitetida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi


Bugun Ta’lim va ilm-fan vazirining örinbosari Sanjar Mirzaliyev Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetiga taşrif buyurdi.

Taşrif davomida universitet rektori Feruza Madrahimova hamrohligida oliygohda ta’lim va ilm-fanni rivojlantiriş, ilmiy-innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaş borasida yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdi. Xususan, Sun’iy intellekt laboratoriyasi, Konfutsiy markazida xitoy tilini örgatiş jarayonlari va Situatsion tahliliy markaz faoliyati hamda universitet olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy işlanmalar va innovatsion loyihalar bilan tanişildi.

Taşrif davomida universitet rektori Feruza Madrahimova hamrohligida oliygohning Axborot-resurs markazi hamda Harbiy tayyorgarlik öquv markazi faoliyati bilan yaqindan tanişdi.

Örganiş jarayonida markazlarda talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, mavjud moddiy-texnik baza, ta’lim va amaliy maşğulotlarni taşkil etiş imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.