Close
Skip to main content


UrDUda “Beş taşabbus olimpiadasi” Respublika final bosqiçlari qizğin davom etmoqda


Ayni kunlarda Xorazm viloyatida oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqiçlari bölib ötmoqda.

Musobaqalar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti, Urganç olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi hamda “Yoşlik” sport majmuasi bazalarida taşkillaştirilgan.

Respublikamizning barça hududlaridan taşrif buyurgan 700 ortiq iqtidorli talaba-yoşlar sportning mini-futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi va yengil atletika turlari böyiça özaro kuç sinaşmoqdalar.

Qizğin va murosasiz keçayotgan bellaşuvlarda iştirokçilar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik, tezkorlik va ğalabaga bölgan intilişlarini namoyon etmoqda. Respublika final bosqiçlari yoşlar uçun öz imkoniyatlarini namoyon etiş, yangi marralarni zabt etiş va eng kuçlilar safidan joy oliş imkoniyatidir.