Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



TUMAN (SHAHAR) HOKIMLARINING O‘RINBOSARLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSI O`QUVLARI BOSHLANDI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Urganch hududiy filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi , Urganch davlat universiteti hamkorligida Xorazm viloyati tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi o`quvlari boshlandi. Uning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali rahbari U.Yaqubov, DBA Urganch hududiy filiali direktori F.Abdullayev, Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletovlar ma’ruza qildilar.  Shundan so‘ng,  mashg‘ulotlar universitet professor-o`qituvchilari tomonidan davom ettirildi. 4 kun davom etadigan ushbu malaka oshirish kurslarida Xorazm viloyati shahar va tumanlari hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash bo‘limi boshliqlari ishtirok etmoqda.

 

Ulashish: