Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"She'riyat shohsupasi" ko'rik - tanlovi bo'lib o'tdii


2021-yil 15-aprel kuni talaba-yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga, she`riyatga  oshno qilish, mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Urganch davlat universitetining  Filologiya fakultetida an`anaviy tarzda o`tkazilib  kelinayotgan “She`riyat shohsupasi” ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi. Ushbu tanlov mashhur o`zbek shoiri  Muhammad Yusuf  tavalludiga bag`ishlab o`tkazildi.  

Tanlovda fakultetning  9 nafar talabasi shoir ijodi yuzasidan she`riyat maydonida baxsga kirishdilar. Tadbir davomida 196-guruh talabalari  ijrosida kuy-qo`shiq va raqslar, Muhammad Yusuf ijodiy faoliyatiga doir sahna ko`rinishi namoyish etildi.

Tadbir yakunida hakamlar hay’ati xulosasiga ko`ra,  Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov g`oliblarni e’lon qilib, diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirladi.

Ulashish: