Kaliforniyaning Berkliy universiteti hamda Urganch davlat universitetining interaktiv ko‘p tarmoqli o‘qitish loyihasi "University of California at Berkeley Urgench State University Uzbekistan Interactive multi-disciplinary teaching in structural health" doirasida 2020-yil yanvar oyidan izlanishlar olib borilmoqda.
Bunda Xiva «Ichanqal’a» majmuasi tizimidagi «Juma masjid» me’moriy obidasi majmuasi texnik holatini o‘rganishda yangi innovatsion yondashish-lazer skanerlash metodidan foydalanildi.
Murakkab pandemiya sharoitidan kelib chiqib, Loyihaning 1-bosqichi Zoom tizimida nazariy mashg‘ulotlar shaklida olib borildi hamda lazerli skanerlash ishlari bevosita obyektda amalga oshirildi. Bu borada ilk bor aytarli darajadagi natijalar olindi.
Hozirda loyihaning ikkinchi yakunlovchi qismini amalga oshirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu bosqichda obyektda uzoq yillar davomida yuzaga kelgan darzlar dinamikasini o‘rganish, “Islomxo‘ja” me’moriy majmuasida o‘lchov ishlarini bajarish, o‘lchov ishlari olib borilgan jarayonni modellashtirish va shu kabi ishlar olib boriladi.