Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Asosiy hududdagi TTJ majmuasiga rahbariyat tashrifi


2021-yil 21-aprel kuni Urganch davlat universiteti  rektori B.Abdullayev  boshchiligida  universitet rahbariyati, fakultet dekanlari  asosiy binodagi Talabalar turar joyiga tashrif buyurishib, sharoitlar bilan tanishdilar  va u yerdagi mavjud masalalar muhokama qilindi.
 
 
Tashrif davomida Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov hamda Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonovlar 4-son  Talabalar turar joyida  bo`lib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 
Talabalar bilan suhbatda bo`lib, u yerda yaratilgan barcha shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, muntazam kitob mutolaa qilish, to`g`araklarga qatnashib hunar o`rganishga chaqirdilar. Shuningdek, talabalarni qiynayotgan muammolar haqida so`radilar.
Uchrashuv davomda yoshlarni fikr-mulohazalari va takliflari muhokama etildi.
 

Ulashish: