Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida matbuot anjumani o`tkazildi


2021-yilning  24-aprel kuni  Urganch davlat universitetida Murabbiylar kengashi   hamda universitet Xotin-qizlar kengashi ishtirokida  «Pedagog-yuksak maʼnaviyat egasi»  mavzusida Matbuot anjumani o`tkazildi. 
Matbuot anjumanida Murabbiylar kengashi raisi M.Atajonova, UrDU Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Nurullayeva, DBA Urganch filiali dotsenti, p.f.n. Sh.Ismoilova,   OAV vakillari,   talaba-yoshlar ishtirok etdi. 
 
Anjumanda so`zga chiqqanlar mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalashda pedagoglarning hissasi,  o`qituvchi va talaba orasidagi munosabatlar, bugungi kunning komil insonlarini tarbiyalashda murabbiylarning roli, ustoz-shogird an`analari, pedagogik mahorat va tarbiya san`ati, ta`lim va tarbiyaning uzviyligi, barkamol insonni tarbiyalashning ilk namunasi bo`lgan milliy g`urur va Vatanga muhabbatni yosh avlod onggida shakllantirish, pedagogga xos bo`lgan ma`naviyatning turli ko`rinishlarini  hayotiy tajribalar xususida  fikr bildirdilar. 
Shuningdek,  jamoat tashkilotlarining faoliyati haqida, universitetda talaba-qizlarga qaratilayotgan e`tibor, ularni nafaqat kasbga tayyorlash balki bo`lajak oila bekasi sifatida ham bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari uchun  qilinayotgan sa`yi-harakatlar  haqida so`z bordi.
Anjuman yakunida berilgan savollarga  javoblar tinglandi.

Ulashish