2021-yilning 28-aprel kuni mahallalardagi yoshlar uchun sportning mini-futbol turi bo`yicha musobaqalar boshlandi.
Musobaqani UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.
Musobaqada Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash markazi Urganch shahar bo'limi vakili Y.Yusupov, “Ma`rifat” mahallasi raisi A.Xajiyev, “10-Navbahor” mahallasi raisi K.Xudayberganov, “Tozabog'” mahallasi raisi Sh.Sa`dullayev, “Feruz” mahallasi raisi H.Masharipov hamda “Hamjihatlik” mahallasi faoli rahbarligidagi jamoalar ishtirok etdilar.