Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Koreys tili o'qituvchisi Temirbulatova Indira Topic dan eng yuqori darajaga erishdi


Indira Temirbulatova Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahrida 1987-yilda tavallud topgan. 1994-yilda 17-sonli maxsus gimnaziya makatabida tahsil olgan. 2005-yilda gimnaziya maktabini a'lo baholarga tugatdi. Maktab davrlarida tarix fanidan 3yil davomida olimpiyadalarda ishtirok etib, faxrli 1-o'rinlarni egallab keldi. Sharq tillariga bo'lgan qiziqishi balandligi tufayli 2005-yilda Samarqand davlat chet tillar instituti koreys tili fakultetiga 1-bosqich talabalikka qabul qilindi. O'zini a'lo o'qishi, namunali xulqi hamda jamoat ishlarida faol ishtiroki tufayli 2007-yilda Janubiy Koreyaning Chungju shahriga grant asosida malaka oshirishga yuborildi. 2008-yilda grant dasturini tugatgach, shu yilning o’zida o'z o'qishini Janubiy Koreyaning Tejon Shahridaga Peje universitetida davom ettirdi. 2010-yilda Tejon shahridagi xalqaro reytingi baland bo'lgan Chungnam universitetiga magistratura bosqichiga qabul qilinib, 2013-yilda a'lo baholar bilan tugatishga muvaffaq bo'ldi. 2016-yilda Urganch davlat universitetiga koreys tili o'qituvchisi sifatida ishga qabul qilindi. 2017-yilda Janubiy Koreyaning Sunchon davlat universitetida 1-yil davomida malaka oshirdi. Bugungi kunda Topik City o'quv markazi asoschisi, hamda ko'plab sertifikatlar sohibi. Ayni paytda ingliz tili va adabiyoti kafedrasi iqtidorli o'qituvchisi Temirbulatova Indira Koreys tili bilish darajasini aniqlovchi xalqaro TOPIK imtixonidan eng yuqori 6.0(IELTS 9.0 yoki CEFR C2) ko'rsatkich bilan sertifikatni olishga erishdi. U nafaqat o'zi balki 14 nafar talabasi ham TOPIK 6,5,4,3 ko'rsatkichlarini olishlari uchun intensiv o'qitib, mehnat qildi. Umuman, Indira Xorazmda koreys tili o'qitilishini yuqori darajaga olib chiqdi. Hozirgi kunda Temirbulatova Indira  va uning talabalarining ko'rsatkichlari respublikada eng baland ko'rsatkich hisoblanadi.

Ulashish: