E’LON! DISSERTATSIYA HIMOYASI
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2026.10.06.Fil.06.06 ilmiy kengashning 2026-yil 4-noyabr kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Boymuratova Nazokat Kamiljonovnaning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Xonliklar davri tilida leksik-grammatik formalarning taraqqiyoti (Abulg‘oziy Bahodirxon asarlari asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Sana: 2026-yil 4-noyabr
Vaqt: 11:00
Manzil: Urganch shahri, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy.