“InnoWeek – 2026” xalqaro innovatsiyalar haftaligi doirasida Innovatsion rivojlaniş agentligi va Taylor & Francis xalqaro naşriyoti örtasida erişilgan kelişuvga muvofiq, Özbekistonning 70 ta oliy ta’lim muassasasi uçun mazkur naşriyotning ilmiy ma’lumotlar bazasidan 3 oy davomida bepul foydalaniş imkoniyati yaratildi.
Uşbu taşabbus doirasida 2026-yil noyabr oyidan boşlab Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida ham Taylor & Francis platformasidan sinov (trial) tariqasida bepul foydalaniş yölga qöyildi.
Taylor & Francis Online platformasi imkoniyatlari:
2 500 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallar;
5,6 milliondan ziyod ilmiy maqolalar;
Ijtimoiy va gumanitar fanlar, iqtisodiyot, tibbiyot, muhandislik, texnologiyalar, tabiiy fanlar, ta’lim va huquq yönalişlariga oid ilmiy manbalar mavjud.
Uşbu platforma tadqiqotçilar va öqituvçilarga dunyoning yetakçi ilmiy jurnal hamda maqolalaridan foydalaniş va ilmiy izlanişlar sifatini oşiriş imkonini beradi.