Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro psixologlar kuni


2025-yil 22-noyabr Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti amaliyotchi psixologlari tomonidan “22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida inson ruhiyati, tarbiya va ma’naviyatning poydevorini tashkil etuvchi psixologiya fanining ahamiyati yana bir bor yuksak e’tirof etildi.

????Bayram dasturida badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, turli ko‘ngilochar viktorina o‘yinlari tashkil etilib, ishtirokchilar uchun quvonchli va mazmunli muhit yaratildi. Tadbirda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda talaba-yoshlar faol qatnashdi.

????Psixologiyaning inson hayotidagi o‘rni, yoshlar ongini to‘g‘ri shakllantirishdagi roli va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikrlar bildirildi. Yoshlar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etib, sahnadagi chiqishlar orqali kasbning nozik jihatlarini badiiy tarzda ifoda etdilar.

????Tadbir yakunida faol ishtirokchilar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.