“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: innovatsion g‘oyalar maydoni
Joriy yilning aprel oyi iqtidorli yosh muhandislar uchun haqiqiy bellashuv maydoni, kelajakni o'zgartira oladigan loyihalar namoyish etiladigan muhim davrga aylanadi — Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo'lib o'tadi.
Festival doirasida quyidagi yo’nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi:
Aviatsiya muhandisligi
Agro texnologiyalar muhandisligi
Mashinasozlik muhandisligi
Robot muhandisligi
Yashil energetika muhandisligi
Chip dizayn muhandisligi
Arxitektura muhandisligi
Tibbiyot muhandisligi
Energetika muhandisligi
Aynan shu yerda g‘oyalar real loyihalarga, orzular esa muvaffaqiyatli kelajakka aylanadi.
O’z kelajagingizni bugundan qurishni boshlang!
Xalqaro festival to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni ushbu havola orqali topishingiz va ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: https://km.edu.uz/uz