ILMIY SEMINAR: Ispaniyalik professor Pedro-Xose Torres Vilyarroya ishtirokida mehmon ma’ruzasi
"Algebra va matematik injiniring" kafedrasi barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar va bakalavr talabalarni xorijlik taniqli olim ishtirokidagi maxsus ilmiy seminarga taklif etadi.
-
Ma’ruzachi: Professor Pedro-Xose Torres Vilyarroya (Pedro-Jose Torres Villarroya)
-
Tashkilot: "Amaliy matematika" kafedrasi, Granada universiteti (Ispaniya)
-
Mavzu: "Periodic solutions for the Lorentz force equation"
-
Sana: 2026-yil 26-may (Seshanba)
-
Vaqt: Soat 10:00 da
-
Joy: 222-auditoriya (Smart bino, 2-qavat)
Seminar haqida: Ma’ruza davomida Lorens kuchi tenglamasi uchun davriy yechimlarni topishning ilg‘or matematik usullari hamda differensial tenglamalar va fundamental fizika kesishmasidagi zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinadi. Xalqaro tajriba almashish va ilmiy muloqotda ishtirok etish imkoniyatini boy bermang!
Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!