Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari”

2022-yil 17-fevral kuni Jismoniy madaniyat fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha masalalari bo'yicha maslahat kengashi va Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi  hamkorligida “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirda Urganch shahri bo’yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlari masalasi bo’yicha katta inspektori, mayor Sh.Batirova  mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, talaba-qizlarning savollariga javob berdi. Tadbir so’nggida talabalarga hamkor tashkilot tomonidan “Hamma birgalikda zo’ravonlikka qarshi” loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan bukletlar  taqdim etildi.

Ulashish: