Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Zamonaviy voleybolning dolzarb muammolari, musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish masalalari"

Urganch davlat universitetida 2-4 mart kunlari "Sport faoliyati" kafedrasi va O‘zbekiston Voleybol Federasiyasi  hamkorligida  "Zamonaviy voleybolning dolzarb muammolari, musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish masalalari" mavzusida 3 kunlik menedjerlik kurslari oʻtkazildi.  Unda Pokiston, Bangladesh, Maldiv orollari, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlarining Voleybol  Federatsiyasi kotiblari hamda mutasaddi xodimlari, Oʻzbekiston Voleybol Federasiyasining mutaxassislari hamda UrDU "Sport faoliyati" kafedrasining professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
 
Bugun, 4-mart sanasida menedjerlik kurslarida faol ishtiroki uchun barcha ishtirokchilarga Osiyo Voleybol Federatsiyasining ijrochi direktori janob Shanrit tomonidan sertifikatlar va  oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan xorijlik mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.https://urdu.uz/user_files/user_75/photo_2022-03-04_17-26-19.jpg

Ulashish: