Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



9-may - "Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – “Xotira va qadrlash kuni” ni, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash anʻana tusiga kirgan.

Shu munosabat bilan bugun Urganch davlat universitetida ham bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda UrDU professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar va faxriy mehmonlar ishtirok etdilar.

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Sanjar Davletov ochib berib, barcha yig‘ilganlarni kelayotgan ayyom bilan qutladi, 9-may mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi haqida soʻz yuritdi.

Tadbirda Urganch shahar Veteranlar kengashi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Norboy Masharipov soʻzga chiqib, og‘ir kunlar suroni, ota-bobolarimiz matonati, o‘tganlarni yod etish, keksalarni qadrlash, tinchligimiz qadriga yetish haqida gapirdi. Tadbirda universitet talabalari tomonidan tayyorlangan rang-barang chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir yakunida universitetda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritayotgan Afgʻon urushi qatnashchilariga Kasaba uyushmasi qoʻmitasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

urdu.uz, 9-may - "Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

urdu.uz, 9-may - "Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

urdu.uz, 9-may - "Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Ulashish: