Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Madaniy tadbir

Koʻrgazmadan soʻng mehmonlar Koreya va Oʻzbekistonning hamkorlik munosabatlariga bagʻishlangan madaniy tadbirda qatnashdilar. Shuningdek, ushbu tadbirda Xorazm viloyati hokimligi vakillari, Koreys milliy-madaniy markazi direktori Antonina Kim, viloyatimizdagi OTMlar va 28-sonli va 30-sonli maktablardan mehmonlar hamda universitet rahbariyati, Xorijiy filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

 

Shundan soʻng, talabalarning badiiy chiqishlari namoyish etilib, sahnada koreys madaniyati va urf-odatiga xos boʻlgan kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari tomoshabinlar eʻtiboriga havola etildi.

Madaniy tadbir talabalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan koreys tili boʻyicha notiqlik tanlovining yakuniy bosqichiga ulanib ketdi va talabalar darslari davomida olgan bilimlarini sahnada, koreys tilida zoʻr mahorat bilan ijro etdilar. Bu esa mehmonlarimiz qalbidan chuqur joy oldi, tanlov yakunida gʻoliblarga oʻzlarining esdalik sovgʻalarini taqdim qildilar.

 

 

Video lavha 1

Video lavha 2

Ulashish: