Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Tajribali professor-o`qituvchilarga ko`rsatilayotgan ehtirom

Keksa avlod vakillarini qadrlash, hurmatlash, ularga ehtirom ko'rsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biridir. Aslida, ulug'larimizni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.

 

Bugun,  6-oktabr sanasida O'zbek filologiyasi fakultetida ko'p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustoz,  “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Zulfiya Nazarovna bilan fakultet talabalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  Uchrashuv "Ilmi ummon sharafiga sazovorlar" mavzusida boʻlib, talaba-yoshlar ustozning ibratli hayot yo'llari, ilmiy-pedagogik faoliyatlari haqida tingladilar. Samimiy ruhda oʻtgan suhbat yakunida ustozga ehtirom koʻrsatildi.

 

Ulashish: