Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Масленица” bayrami munosabati bilan o`tkazilgan turkum tadbirlar

            Shu kunlarda rus xalqining milliy bayrami -“Широкая Масленица” mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilian 15-mart sanasida Urganch davlat universiteti  O`zbek filologiyasi fakultetida Filologiya tillarni o`qitish: rus tili  ta’lim yo`nalishi 1-3-kurslari  talabalari tomonidan  bayra munosabati bilan turkum tadbirlar tashkil qilindi. Ko`rgazmada rus xalqining milliy  taom va salatlar, turli xildagi pishiriqlar, oshxona jixozlari, o`yinchoqlari  bilan milly ruhda bezatilgan dasturxon barchaga xushnudlik ulashdi. Universitet prorektori prof. S.U.Xo`janiyozov, O`zbek filologiyasi fakulteti dekani prof.  D.Q.G`ayipov, fakultet professor-o`qituvchilari, magistrantlari va talabar ko`rgazmada va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Tadbirlar 15 mart kuni soat 14:00 da universitet madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadigan badiiy qism va taqdirlash bilan yakunlandi.

           Universitetda  turli millat vakillarining milliy  bayram tadbirlarini o`tkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan va bunday tadbirlar muntazam o`tkazib kelinmoqda. O‘ylaymizki, bu kabi bayramlarning nishonlanishi odamlarni yanada mehr-oqibatli bo‘lishga undaydi, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

    

Ulashish: