Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



O'zbek filologiyasi fakultetida bo'lib o'tgan xotira kechasida O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri ma'ruza qildi.

Urganch davlat universitetida O'zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan 9-May – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Fazilat Ibrohimova tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan xotira kechasi o'tkazildi.

Tadbir davomida O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri f.f.n., dots. A.I.Primov o'z ma'ruzasi bilan ishitirok etdi, Fazilat Ibrohimovaning ilmiy va pedagogik faoliyati, tilshunoslik sohasiga qo'shgan hissasi, beqiyos fazilatlari ma'ruzachi tomonidan ta'riflandi. 

O'zbek filologiyasi fakulteti talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan F.Ibrohimova hayoti va ijod yo'li yoritilgan taqdimot namoyishi, ifodali she'rlar, ustoz hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyati aks etgan sahna ko'rinishi, go'zal raqslar barchada katta taassurot qoldirdi.

Ulashish: