Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida Urganch shahrida joylashgan "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyida ma'rifiy tadbir o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi "Siyosiy qatag'on qurboni bo'lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o'rganish, targ'ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to'g'risida"gi PQ-270-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida Urganch shahrida joylashgan "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyida ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Mustaqilligimiz uchun kurashgan, nohaq ayblangan jadidlar, qatagʻonga uchragan ajdodlarimiz xotirasi yodga olindi. Tashrif davomida mustabid sovet rejimi davri siyosiy qatag‘onlari tarixiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma, muzey boʻylab ekskursiya, davra suhbatlari boʻlib oʻtdi.

 

Ulashish: