Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti jamoasi Janubiy Afrikada joylashgan Limpopo universiteti faoliyati bilan tanishdi

Urganch davlat universiteti jamoasi Janubiy Afrikada joylashgan Limpopo universitetiga tashrifi davomida mazkur universitetning “Yuqori natijalarga erishgan olimlarning taqdirlash marosimiga bag'ishlangan Ilmiy kengash"da ishtirok etdilar.

Shundan soʻng, universitetning turli fakultetlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar. 

Xususan, Matematika, Zoologiya, Ijtimoiy fanlar kabi fakultetlarni borib koʻrdilar. Har bir fakultetda rahbariyat bilan o‘tgan muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot sohalarida tajriba almashish va talabalarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Limpopo universitetining o‘quv binolari, auditoriyalari, zamonaviy kompyuter zallari, media markazlar va universitetning o‘ziga xos obyekti bo‘lgan yavvoyi hayvonot olami muzeyi bilan tanishdilar. 

Limpopo universitetining zamonaviy infratuzilmasi va ta’lim tizimi, shuningdek, talabalar va ilmiy xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar Urganch davlat universiteti delegatsiyasi a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

Ulashish: