Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



UrDUda to‘qimachilik va yengil sanoat sohasiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi

Bugun, 14-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan “To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda konseptual yondashuvlar, innovatsion yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston va Turkiya davlatlaridan soha mutaxassislari hamda Respublikamizning boshqa ko‘plab oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etmoqda. 

Dastlab konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda oliygoh rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov so‘zga chiqib, yengil sanoat sohasida yangi yondashuvlarga erishishda mazkur anjumanning ahamiyatini ta’kidlab, konferensiya faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, konferensiya ishtirokchilarining ma’ruzalari boshlandi. Sohaga doir yangi konseptual yondashuv va innovatsion yechimlar yuzasidan ma’ruzalar katta qiziqish bilan tinglandi. Anjuman ishiga Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professori M.Jumaniyazov moderatorlik qilib bordi.

Anjuman kunning ikkinchi qismida sho‘balar yig‘ilishida Kimyoviy texnologiyalar fakultetida davom etadi.