Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy ta'lim va mahalla hamkorligi

Joriy yilning 6-mart kuni Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi FO‘O‘BOXMOB O‘quv kurslarining bir guruh MFY Raislaridan iborat tinglovchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shixova Xasiyat Ismailovna bilan “Mahallalarda korrupsiya xavfini kamaytirish omillari” mavzusi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 
Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabr kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-200-son Farmoniga muvofiq tashkil etildi. 
Davra suhbati davomida MFY raislari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ulashish: