Close
Skip to main content


Fizika-matematika fakulteti talabalari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining “Mexanizmlar estafetasi” yo‘nalishida munosib ishtirok etdi

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida Urganch davlat universiteti jamoasi o‘zining texnik va innovatsion loyihalari bilan ishtirok etmoqda. Festivalning ikkinchi kunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov universitetimiz pavilyoniga tashrif buyurib, talabalar tomonidan taqdim etilgan innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur festivalning “Mexanizmlar estafetasi” yo‘nalishida Fizika-matematika fakulteti talabalari o‘zlarining mexanik qurilmalar, konstruktsiyalar va muhandislik yechimlariga asoslangan ishlanmalarini muvaffaqiyatli namoyish etdilar. Ushbu ishtirok fakultet dekan o‘rinbosari M. Xalilloyev boshchiligida amalga oshirildi.

Talabalar tomonidan yaratilgan mexanizmlar o‘zining funksionalligi, barqarorligi hamda kreativ texnik yechimlari bilan festival ishtirokchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ulashish: