Close
Skip to main content


Talabar turar joyiga tashrif

           Joriy yilning 19-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchilari Kutlimuratova Gavhar Кuranbayevna va Egamov Rustam Aminovichlar talabalar turar joyiga tashrif buyurib, belgilangan tadbirlar rejasi doirasida davra suhbati tashkil qildi.Uchrashuv rus tili ta'lim yo'nalishi talabalariga "Konstitutsiya - asosiy qomusimiz" mavzusida bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatning yuksak yuridik kuchga ega bo'lgan asosiy qonuni ekanligi ta'kidlandi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

 

Ulashish: