2026-yilning 13-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazida Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi B.Sapayeva tomonidan “English Literature, Art and Translation” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Kafedra mudiri, prof. N.Masharipova talabalarning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatladi.
To‘garakning 2- va 4-kurs iqtidorli talabalari Otajonova Adolat, Muhammodova Mahliyo, Sultonova Diyora, Baxtiyorova Sarvinoz va boshqa talabalar o‘z ijodiy ishlarini namoyish etdilar. Xususan,
- badiiy asarlar asosida chizilgan rasmlar;
- ingliz tilidagi asarlar yuzasidan taqdimotlar va fikr-mulohazalar;
- ingliz tilidan o‘zbek va koreys tillariga tarjima qilingan hikoyalar taqdim etildi.
Ko‘rgazma talabalarning kitobxonlik madaniyati, ijodkorlik va tarjimonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilib, to‘garak faoliyatining amaliy natijasini namoyon etdi.
