Close
Skip to main content


Ilmiy-nazariy seminar

Ingliz filologiyasi kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.

2026-yil 14-oktabr kuni Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi professor v.b. Rohatoy Abidovaning "Nutqiy aktlarning og‘zaki va yozma diskursda ifodalanishi: pragmalingvistik yondashuv" mavzusida ilmiy-nazariy seminari o‘tkazildi.

Seminarda nutqiy aktlarning og‘zaki muloqotda intonatsiya, imo-ishora hamda muayyan vaziyat orqali, yozma diskursda esa leksik-grammatik tanlov, tinish belgilari va matn tuzilishi orqali ifodalanishi amaliy va qiyosiy misollar yordamida tahlil qilindi.

Qizg‘in bahs-munozaralar va savol-javoblarga boy o‘tgan ushbu tadbir kafedra o‘qituvchi va tadqiqotchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ulashish: