Close
Skip to main content


Xorazm teleradiokompaniyasining “Tashrif” ko‘rsatuvida universitetimiz professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi

2026-yilning 18-oktyabr kuni Xorazm teleradiokompaniyasining “Tashrif” ko‘rsatuvida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Psixologiya va san’at fakulteti “San’at” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mehmonda bo‘lishdi.

Dasturda san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Botir Matyoqubovich Raximov hamda kafedra professori, O‘zbekiston xalq hofizi Ochilbek Matchonov ishtirok etdilar.

Ko‘rsatuv davomida Xorazm vohasining to‘y-marosimlarida ijro etiladigan qo‘shiq va aytimlarning xalqimiz turmush tarzida tutgan o‘rni hamda ahamiyati haqida atroficha suhbat olib borildi.

Ulashish: