Close
Skip to main content


#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Urganch davlat universitetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun, 20-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i v.b. O.Iskandarov tomonidan talabalarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish hamda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot davomida ta’lim jarayonida akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, universitetning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

Ulashish: