Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


“Xorazm vohasi sharoitida g‘o‘za va kuzgi bug‘doy agrotsenozlari holatining ekologik xususiyatlari” ilmiy - nazariy seminar


Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kafedra mudiri S.Babajanova so‘zga chiqib kafedra dotsenti A.Masharipovning “Xorazm vohasi sharoitida g‘o‘za va kuzgi bug‘doy agrotsenozlari holatining ekologik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy-nazariy seminar mavzusi muhim masalalarga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

S.Babajanova o‘z so‘zida keyingi yillarda, mamlakatimizda yuz berayotgan ob-havo o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida g‘o‘za va kuzgi bug‘doy yetishtirish agrotexnologiyalarini yanada takomillashtirish zarurligi, bunda mavjud suv va boshqa resurslardan oqilona foydalanib, ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish yo‘llarini ishlab chiqish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidladi.

            Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barqaror o‘sishi ekinlar yetishtirishda resurs va energiya harajatlarini kamaytirish, atrof-muhitning ekologik xavfsizligini saqlab qolish va stressli ob-havo hodisalari, hosil sifatini yaxshilash bilan birga uning begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, yuqori mahsuldor agrofitotsenozlarni yaratishga qaratilgan texnologik jarayonlarning kuchayishi bilan bog‘liqligini seminarda ishtirok etgan kafedra professor-o‘qituvchilari qayd etib o‘tishdi.

Yig‘ilishda tadqiqodchi tomonidan olib borilgan izlanishlar va kuzatuvlar asosida to‘plangan natijalar tahlili keng yoritilib berildi va ishtirokchilar tomonidan keng muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qiziqtirgan savollarga ma’ruzachi tomonidan javoblar berildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasida yig‘ilish qatnashchilari