Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Ilmiy-nazariy seminar


Joriy yilning 5-oktabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshidagi "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy seminar yangi o'quv yiliga mo'ljallangan reja asosida o'z faoliyatini boshladi.

Seminar yig'ilishida dotsent A.Primovning "Eski o'zbek adabiy tilidagi oraliqdagi so'zlar haqida" (Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari leksikasi asosida), PhD Sh.Alimovaning "Xorazm qipchoq shevalarida shakl yasovchi qo'shimchalarning uslubiy o'ziga xosliklari", o'qituvchi N.Sa'dullayevaning "Xorazm oraliq shevalarida frazeologik birliklar", magistrantlar D.Rajabovning "Muqaddimat ul-adab" asaridagi xulq bobidagi arxaizmlar", Z.Rayimboyevaning "Xorazm shevalarida ot yasalishining o'ziga xos xususiyatlari" mavzularida ilmiy ma'ruzalari bo'lib o'tdi.